AsosiyJamiyat

AQSH Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini e'lon qildi

Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Vashington Eronning neft savdosini cheklashga qaratilgan keskin choraga o‘tdi.

'AQSH Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini e'lon qildi'ning rasmi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi 13 apreldan boshlab Eron portlariga kirib-chiqadigan barcha kemalarga nisbatan dengiz blokadasi joriy etilishini ma’lum qildi. Qaror AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan qabul qilingan.

Mazkur blokada Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazidagi Eron portlarini to‘liq qamrab oladi hamda barcha davlatlar kemalariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, AQSh tomoni Hormuz bo‘g‘ozi orqali xalqaro suzish erkinligi saqlanib qolishini bildirgan.

Bu qaror AQSh va Eron o‘rtasida Islomoboddagi muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so‘ng e’lon qilindi. Trumpning ta’kidlashicha, asosiy maqsad — Eronning neft savdosidan tushadigan daromadlarini qisqartirish hamda dengiz orqali olinadigan to‘lovlarni to‘xtatishdan iborat.

Eron tomoni esa usbu bayonotlarni rad etib, bunday tahdidlarni asossiz deb atadi. Harbiy-dengiz kuchlari vakillari mamakat floti mintaqadagi vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sel kelishi xavfi e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:28

    Sel kelishi xavfi e'lon qilindi

    "O‘zgidromet" 14-17 aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik sabab qator hududlarda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    '“Malikam, endi qara” seriali yulduzi narkotik bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    “Malikam, endi qara” seriali yulduzi narkotik bilan ushlandi

    Aktyorning rasmiy vakillari hozircha holat yuzasidan hech qanday izoh bergani yoʻq.

    'Farg‘onada 11 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:38

    Farg‘onada 11 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

    Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Bugun harorat 32 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:33

    Bugun harorat 32 darajagacha ko‘tariladi

    “O‘zgidromet” 13 aprel uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Bo‘stonliqda yer masalasi ortidan janjal yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.04.2026 13:58

    Bo‘stonliqda yer masalasi ortidan janjal yuz berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir guruh shaxslar o‘zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi.

    'Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.04.2026 10:34

    Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi

    Ushbu nufuzli san'at bayrami Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi "Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-46-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilmogda.