Hodisa 7 yanvar kuni Minnesota shtatida sodir bo‘lgan. ICE xodimlari reyd vaqtida 37 yoshli ayol otib o‘ldirilgan. Trump ma’muriyati vakillari ayol huquq-tartibot xodimlarini avtomobil bilan bosib ketishga urinaganini bildirib, otish “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilganini aytmoqda.
Biroq Minneapolis shahar hokimiyati, Demokratik partiya vakillari va mahalliy rasmiylar bu versiyani rad etmoqda. Shahar meri Jeykob Frey ICE xodimini “beparvolik bilan kuch ishlatgan”likda ayblab, agentlarni shahardan chiqib ketishga chaqirgan.
Hodisa ortidan Minneapolisdа hamda Nyu-York, Mayami, Sietl kabi shaharlarda norozilik aksiyalari boshlandi. Minnesota gubernatori Tim Volz vaziyat keskinlashishi ehtimoli sabab Milliy gvardiya jangovar shay holatga keltirilganini ma’lum qildi.
CNN xabariga ko‘ra, mahalliy politsiya ehtimoliy tartibsizliklarning oldini olish uchun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.






