AsosiySiyosat

Mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi.

'Mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi'ning rasmi

Elektromobillarni quvvatlash stantsiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auktsiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.

Shaharlarda ekologik stikerlar tizimi joriy qilinadi

Toshkent va boshqa yirik shaharlarda tirbandliklarni kamaytirish va havoni himoya qilish maqsadida avtomobillar chiqaradigan zararli moddalar darajasiga qarab ekologik stikerlar berish tizimi joriy qilinadi.

Katta ifloslovchi avtomobillar markaziy hududlarga kirishi cheklanadi, eski mashinalarni yangisiga almashtirish yoki filtr o‘rnatish uchun davlat subsidiya va avtokredit qo‘llab-quvvatlashi beriladi.

Shuningdek, jamoat transporti rivojlantiriladi: avtobus va taksi yo‘laklari ko‘paytiriladi, Toshkent, Samarqand va Namanganda transport intellektual svetoforlar orqali boshqariladi.

    Boshqa yangiliklar