AsosiyJamiyat

11 oyda O‘zbekistonga kelgan turlar soni ilk bor 10 milliondan oshdi

2025 yilning yanvar—noyabr oylarida Oʻzbekistonga 10,7 million nafar xorijiy fuqaro sayohatlik maqsadida tashrif buyurdi.

'11 oyda O‘zbekistonga kelgan turlar soni ilk bor 10 milliondan oshdi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 million nafarga yoki 47,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p turlar Qirg‘iziston (3 mln), Qozog‘iston (2,5 mln) va Tojikistondan (2,5 mln) kelgan.

Shuningdek, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Xitoy va Turkiya fuqarolari orasida ham O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar