Qayd etilishicha, 21 dekabr kuni soat 23:30 lar atrofida Chilonzor tumani XAY ko‘chasida ikkita Cobalt rusumli avtomashina haydovchilari o‘rtasida yo‘l talashish yuzaga kelgan.
Mojaro jarayonida haydovchilar va yo‘lovchilar yo‘lning katnov qismida o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olib tibbiy yordamga murojaat qilganlar aniqdanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.






