Ma'lumotlarga ko'ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida soliqdan qochish havfi yuqori bo'lgan 3 305 ta korxonada audit o‘tkazilgan.
Ushbu tekshiruvlarda soliqdan qochish holatlari 12,1 trln so‘mga baholangan, bu taxminidan ham yuqori ko‘rsatkich. Eng katta ulush — 7,7 trln so‘m bilan savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida ham soliqdan qochish holatlari qayd etilgan. Soliq qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda muddati kelgan 6,5 trln so‘mlik soliqning 46%i to‘langan.






