AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda davlat idoralarida byudjet hisobidan Yangi yil korporativlari taqiqlandi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, endilikda davlat idoralari byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini o‘tkaza olmaydi.

'O‘zbekistonda davlat idoralarida byudjet hisobidan Yangi yil korporativlari taqiqlandi'ning rasmi

Vazirliklar, idoralar, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan bayram tadbirlari va dasturxonlarni tashkil eta olmaydi.

Shu bilan birga, xodimlar o‘z oylik maoshi yoki rag‘bat pullari hisobiga ish vaqtidan tashqari Yangi yil tadbirlarini o‘tkazishi mumkin.

Davlatga qarashli bo‘lmagan xususiy kompaniyalar bu taqiqdan mustasno.

    Boshqa yangiliklar