AsosiySiyosat

Oʻzbekiston Yaponiya bilan turli sohalarda 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiya rasmiy tashrifi chogʻida oʻnlab sohalarda kelishuvlarga erishildi.

'Oʻzbekiston Yaponiya bilan turli sohalarda 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Tokiyoga tashrif O'zbekiston-Yaponiya munosabatlarini kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko'targan. Ikki tomonlama munosabatlar rivojini yangi bosqichga olib chiqqan.

"Ko'p yillar davomida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi munosabatlar asosan gumanitar hamkorlik va texnik ko'mak loyihalariga tayangan edi. Bugun esa O'zbekiston prezidentining pragmatik va izchil siyosati natijasida ikki tomonlama kun tartibi qayta shakllantirilib, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning barcha yo'nalishlarini qamrab oldi. Bunga yorqin dalil sifatida qiymati 12 milliard dollardan ortiq bo'lgan yangi kooperatsiya loyihalari portfelining shakllantirilganini keltirish mumkin. Ushbu kelishuvlar ta'lim, sog'liqni saqlash, ekologiya va suv resurslari, transport va shaharsozlik, turizm, qishloq xo'jaligi, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohalarini qamrab oladi. "Yashil" energetika, energiyani saqlash tizimlari va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo'yicha qo'shma loyihalarga alohida e'tibor qaratildi", deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida O'zbekiston prezidentining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining ilk sammitida ishtirok etgani ham muhim voqea bo'lgan. Hududiy o'zaro bog'liqlikni chuqurlashtirish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsion va raqamli sheriklikni kengaytirish, inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar O'zbekistonning Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik arxitekturasini shakllantirishda faol ishtirok etishga intilayotganini aks ettirar. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasining qabul qilinishi ushbu yondashuvni ko'p tomonlama darajada mustahkamlagan.

"Yaponiya rasmiy tashrif natijalari O'zbekistonning dunyodagi yetakchi texnologiya va investitsiya markazlaridan biri bilan to'laqonli strategik sheriklikka bosqichma-bosqich o'tayotganini ko'rsatadi. Bu esa mamlakatimizning ilgor texnologiyalarni jalb etish, yirik infratuzilmaviy va sanoat loyihalarini amalga oshirish, mintaqaviy va global iqtisodiy jarayonlarda o'z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategik siyosatini tasdiqlaydi", deya ta'kidlanadi manbada.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri qoʻshma bayonot imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 17:34

    Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri qoʻshma bayonot imzoladi

    Tokioda Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sanaye Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

    '"Kantey" qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 16:36

    'Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi beriladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 14:19

    Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi beriladi

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagavani qabul qildi.

    'Mirziyoyev "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining biznes forumida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 10:36

    Mirziyoyev "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining biznes forumida ishtirok etdi

    Forumda qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 20.12.2025 08:49

    'Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

    Siyosat 19.12.2025 17:13

    Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation” kompaniyalari rahbarlarini qabul qilib, tog‘-kon, sanoat va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini ko‘rib chiqdi.