“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.
Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Sanaye Takaichi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadi Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammadov ham qatnashdilar.
Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaga Yaponiya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishbilaromon doiradlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi. “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI ko‘magida O‘zbekistonda ikkita quyosh elekt stansiyasini qurish, “Toyota Tsusho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, “JOGMEC” ishtirokida yangi o‘ta muhim mineral konlarini o‘zlashtirish kabi O‘zbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari shular jumlasidan.
Yetakchilar huzurida tegishli loyihalar bo‘yicha hujjatlar almashildi.






