AsosiyJamiyat

Tojikiston TIV 10 yoshli bolaning o‘ldirilgani sabab Rossiya elchisiga norozilik notasini yubordi

Ushbu hodisa Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan qat'iy nazoratga olingan.

'Tojikiston TIV 10 yoshli bolaning o‘ldirilgani sabab Rossiya elchisiga norozilik notasini yubordi'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Semyon Grigoryevga Tojikiston fuqarosining fojiali o‘limi munosabati bilan norozilik notasini yubordi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Tojikiston TIV rasmiy bayonotiga ko‘ra, 2025 yil 16 dekabr kuni Moskva viloyati Odintsovo shahar okrugiga qarashli Gorki-2 qishlog‘ida joylashgan Uspenskaya umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan Tojikiston fuqarosi Qobiljon Aliyevga nisbatan etnik nafrat asosida hujum sodir etilgan. Ushbu hujum oqibatida bola voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat Tojikiston tomonidan tomonidan keskin qoralandi. Voqeadan so‘ng Rossiya elchisi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy nota topshirildi. Unda Rossiya Federatsiyasidan mazkur jinoyatni zudlik bilan, xolis va har tomonlama tergov qilish, shuningdek, aybdorlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish talab etilgan.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ushbu jinoyat bo‘yicha tergov jarayonini o‘z nazoratiga olgani va Rossiya TIVga rasmiy murojaat yo‘llagani ma’lum qilindi.

Tojikiston TIV marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, xorijdagi Tojikiston fuqarolarining huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalasi ustuvor ekanini ta’kidladi. Vazirlik Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari tomonidan ushbu voqea to‘liq va adolatli o‘rganilishiga umid bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:13

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'UEFA "Bavariya"ga yirik jarima soldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:04

    UEFA "Bavariya"ga yirik jarima soldi

    Myunxen klubi Chempionlar ligasidagi navbatdagi uy o‘yinini qisman bo‘sh tribunlar qarshisida o‘tkazadi.

    'Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:42

    Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

    Elchixona fuqarolarni migratsiya va jamoat tartibi qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.

    'Zangiotadagi maktabda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:18

    Zangiotadagi maktabda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb etildi

    Ҳолат юзасидан мактаб маъмуриятига нисбатан маъмурий жарима қўлланди.

    '2026 йилги давлат бюджети Сенат томонидан маъқулланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:46

    2026 йилги давлат бюджети Сенат томонидан маъқулланди

    Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida 2026-yil uchun davlat byudjetiga oid qonun ko‘rib chiqilib, ijtimoiy sohaga ahamiyat qaratilgan holda tasdiqlandi.

    'Jizzaxda ikkita yuk mashinasi toʻqnashishi ortidan 29 yoshli fuqaro halok boʻlgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:53

    Jizzaxda ikkita yuk mashinasi toʻqnashishi ortidan 29 yoshli fuqaro halok boʻlgani aytilmoqda

    Ushbu muhim voqeaga haydovchining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.