AsosiyJamiyat

Namangada bolalarning hayotini xavf ostiga qoʻygan haydovchilar jazolandı

Ijtimoiy tarmoqlarda Damas avtomobili piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘lgan tasvirlar tarqalgan edi.

'Namangada bolalarning hayotini xavf ostiga qoʻygan haydovchilar jazolandı'ning rasmi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berishicha, holat Namangan viloyatida yuz bergan. Surishtiruv natijasida Damas haydovchisi aniqlandi, avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgan.

Haydovchi o‘z izohida shunday degan: "9 dekabr kuni soat 8:15 larda avtomobilimda ketayotganimda, piyodani ko‘rmay qolganimda, mashinalar orasidan yosh bolalar yugurib ketdi. O‘zim ham qo‘rqib ketdim. Mashinalarni parkovka qilayotganda piyodalar o‘tish yo‘lagida hushyor bo‘lishingizni, iloji bo‘lsa, ana shu yerlarda parkovka qilmaslikni so‘rab qolamiz. Bunday holatning takrorlanishini xohlamaymiz."

Tasvirlardan ko‘rinishicha, xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga piyodalar o‘tish yo‘lagi oldida Spark avtomobilining to‘xtash qoidasini buzib qoldirilgani ham sabab bo‘lgan. Agar Spark haydovchisi qoidabuzarlik qilmaganida, Damas haydovchisi bolalarni oldindan ko‘rgan bo‘lardi.

Holat yuzasidan Damas va Spark haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Samarqandda ham maktab o‘quvchisi Damas avtomobili tomonidan bolalarni urib yuborilish xavfi ostida qolgan edi.

    Boshqa yangiliklar