AsosiyJamiyat

Jahon banki o‘zbekistonliklar sharoitini yaxshilash uchun 250 million dollar ajratdi

Dastur jami 3,6 million aholi yashaydigan 16 ta strategik muhim tuman va shaharni qamrab oladi.

'Jahon banki o‘zbekistonliklar sharoitini yaxshilash uchun 250 million dollar ajratdi'ning rasmi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish paketini tasdiqladi. Ushbu mablag‘lar "Shaharlarda yashash va unumdorlikni oshirish uchun qulay sharoyitlar yaratish" (Livable and Productive Cities Program — LPCP) dasturi doirasida yo‘naltiriladi.

Qayd etilishicha, moliyalashtirish mamlakatning 16 ta tuman va shahrida aholi hamda biznes uchun munitsipal infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Hozirda O‘zbekistondagi 37 million aholining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi, 2050-yilga borib bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshishi kutilmogda. Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi shaharlarni rejalashtirish va boshqarish, infratuzilma hamda kommunal xizmatlarni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmogda.

Ma’lum qilinishicha, shaharlarning nazoratsiz o‘sishi, eskirgan infratuzilma, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi aholi turmush sifat va biznes unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmogda. Ushbu muammolar tabiiy-iqlimiy favqulodda holatlar ta’sirida yanada kuchaymogda.

Mazkur masalalarga yechim topish maqsadida hukumat 2025 yilda hududlarni jadal kompleks rivojlantirish davlat dasturini ishga tushirgan. Dastur jami 3,6 million aholi yashaydigan 16 ta strategik muhim tuman va shaharni qamrab oladi.

Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan LPCP  dasturi ushbu davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur doirasida Yangiyo‘l va Marg‘ilon shaharlari, shuningdek, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot va Hazorasp tumanlarida infratuzilmani rivojlantirish rejalashtirilgan.

LPCP dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Dastur aholi va biznesning munitsipal infratuzilma va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha bosh reja va investitsiya rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar salohiyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Dastur doirasida yerlarning olib qo‘yilishi yoki fuqarolarning majburiy ko‘chirilishiga olib keladigan loyihalar moliyalashtirilmaydi.

2030 yilga kelib, LPCP dasturi orqali 16 ta tuman va shaharda qariyb 1 million aholining turmush sharotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaxshilash rejalashtirilgan. Dastur 300 ming kishining transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, 400 ming aholi uchun jamoat joylari va bog‘larni rivojlantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonida qurilish sohasida 10 mingga yaqin vaqtincha ish o‘rinlari yaratilishi kutilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bekoboddagi IIB xodimi YTHda odam o‘limiga sabab bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 17:44

    Bekoboddagi IIB xodimi YTHda odam o‘limiga sabab bo‘ldi

    Baʼzi manbalarda marhumning jasadi Sirdaryoga oqizib yuborilgani aytilmoqda.

    'O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 16:35

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    Markaziy bank 16 dekabrdan amal qiladigan xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini e'lon qildi.

    'O'zbekiston 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 16:11

    O'zbekiston 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi

    2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 14:40

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Jidda shahriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi.

    'Qoraqalpog‘istonda is gazidan uch kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 14:38

    Qoraqalpog‘istonda is gazidan uch kishi halok bo‘ldi

    Fojia 13 dekabr kuni Xoʻjayli tumanining "Samankoʻl" OFY Qamis sholi aholi punkti Faxriylar koʻchasiida joylashgan ijaradagi uyda sodir boʻlgan.

    'Toshkentda uyini ta’mirlayotgan fuqaro yerto‘ladan granata va qurollarni topdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.12.2025 13:27

    Toshkentda uyini ta’mirlayotgan fuqaro yerto‘ladan granata va qurollarni topdi

    Тезкор суриштиришлар давомида мазкур қурол-яроғ ва портловчи моддалар фуқаронинг марҳум отасига тегишли экани маълум бўлган.