AsosiyJamiyat

Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, 2025–2026 yilgi qish mavsumida vodiyadagi gaz taqchilligini bartaraf etish uchun ikki yechim ishlab chiqildi.

'Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi'ning rasmi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 11 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hisobot berib, Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida (AGQS) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni bartaraf etish chorasi haqida ma’lumot berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, yangi tashabbus ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: birinchisi, qo‘shni davlatdagi tranzit trubalar orqali gaz ta’minotini yaqinroq masofadan ta’minlash; ikkinchisi, 150 ta ko‘chma gaz quyish shoxobchalari orqali zarur kub metrda gaz yetkazib berish.

“22 dekabrgacha Beshariqdagi shoxobcha to‘liq ishga tushadi. Hozir texnologik uskunalar va konteynerlar olib kelinyapti. Bu tizim orqali gaz zapravka o‘chgan paytda ham 5 mingdan 10 ming kub metrgacha gaz yetkazish imkoni paydo bo‘ladi”, — dedi Mirzamahmudov.

Hozirda 14 ta AGQS bilan tizim sinab ko‘rilgan va 22 dekabrdan keyin Farg‘ona vodiysida zahira sifatida joriy qilinadi. Bu choralar qish mavsumida metan taqchilligining oldini olishga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi O'zbekistonda dorilar faqat elektron retsept bilan berila boshlaydi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:21

    Endi O'zbekistonda dorilar faqat elektron retsept bilan berila boshlaydi?

    Toshkent va ayrim hududlarda elektron retsept tizimi joriy etildi.

    'AOK tugatilgach, OAV ustidan nazorat yangi inspektsiyaga topshirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:00

    AOK tugatilgach, OAV ustidan nazorat yangi inspektsiyaga topshirildi.

    Xo'sh, inspektsiyaning vazifalariga nimalar kiradi?

    'Inklyuziv jamiyat sari — yangi imkoniyatlar maydoni'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:45

    Inklyuziv jamiyat sari — yangi imkoniyatlar maydoni

    Poytaxtimizdagi “City palace” mehmonxonasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Inklyuziv jamiyat sari” Forumi tashkil etildi.

    'Surxondaryo va Toshkentda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Surxondaryo va Toshkentda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi

    Hozirda barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish ko‘zgatilgan.

    'Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:49

    Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi

    Oltin medal tayyorlagan ustozlar uchun ham alohida rag‘bat puli belgilandi.

    'O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi

    Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya do‘stlik hamda hamkorlik ramzini barpo etdi.