Hujjatda qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha kompaniyalar banklar tomonidan generatsiya qilinadigan yagona QR-kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga quyadi.
2026 yilning 1 iyulidan esa bu talab majburiy kuchga ega bo‘ladi. QR-kod qo‘llanmasligi savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi va tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Farmonda shuningdek, 2026 yildan boshlab tashqi savdo shartnomalari doirasida bir xil turdagi tovarlarga moslik va ekologik sertifikat bir yillik muddatga faqat bir marotaba berilishi belgilab qo‘yilgan.






