AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdi bekor qilinadi

Prezident Farmoni 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

'Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdi bekor qilinadi'ning rasmi

“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida e’lon qilindi. 

 Farmonqa ko‘ra, quyidagilar 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarqa qisqartirish;

- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.

 2026 yil 1 apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

- davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;

- elektir energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

- alkogol va tamaki mahsulotlari;

- transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalar orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;

- qiyamati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;

- ko‘chmas mulk ob’ektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.

    Boshqa yangiliklar