2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator to‘lovlarda naqd puldan foydalanish butunlay bekor qilinadi. Qoidalarga ko‘ra, davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i shoxobchalaridagi xaridlar hamda qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Shuningdek, ko‘chmas mulk, ishlab chiqarilganiga 10 yil bo‘lmagan transport vositalari va maxsus texnikalarni naqd pulga sotib olish ham taqiqlanadi.
Yangi tartib to‘lovlar shaffofligini oshirish va naqd pul aylanmasini kamaytirishni maqsad qiladi.






