AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi.

'Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va qashshoqlikdan xoli hududlarga aylantirish, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini baholashning aniq mezonlari yo‘qligi va ularning mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallalarda ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirish uchun ularning muammolari va rivojlanish nuqtalarini aniklab, manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Aholining murojaatlarini bevosita mahallalarda hal etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi belgilandi. Og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, elektr ta’minoti, internet, tomorqa imkoniyatlari kabi yo‘nalishlarda qo‘shimcha choralar ko‘rish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilishda mamlakatda qashshoqlik darajasi joriy yilda 8,9 foizdan 6 foizga, kelgusi yilda esa 4,5 foizga tushirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Buning uchun bandlik xizmatlari qamrovini kengaytirish, daromad manbalari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilandi. Shuningdek, inklyuziv bandlik, mahalliy brendlar yaratish, tomorqa va suv ta’minotini yaxshilash, eksportchi kooperativlar kabi qo‘shma dasturlar orqali 1 millionga yaqin qashshoq aholini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar