AsosiyDunyo

Toshkentda 13 yoshli jiyani orqali qoradari tashitgan ayol qo‘lga olindi.

Tezkor tadbirda 150 mln so‘mlik 1,3 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi.

'Toshkentda 13 yoshli jiyani orqali qoradari tashitgan ayol qo‘lga olindi.'ning rasmi

Toshkent viloyati IIVB Farg‘onadan poytaxtga katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yetkazib, sotish bilan shug‘ullangan jinoyiy guruh faoliyati fosh etilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1985 yilda tug‘ilgan ayol 750 ming so‘mlik dori vositasini nazoratdagi xaridorga 13 yoshli jiyani orqali yetkazayotganda ushlangan. Uning uyidan qiymati 20 mln so‘m bo‘lgan 162 dona dori vositalari topilgan.

Tadbir davom ettirilib, ayolni dorilar bilan ta’minlab kelgan ikki shaxs ham 23 mln so‘mga 278 dona kuchli ta’sir qiluvchi preparat sotish jarayonida ushlangan. Ulardan qo‘shimcha 67 dona dori vositalari aniqlandi.

Farg‘ona viloyatidagi davomiy tadbir chog‘ida dang‘aralik 39 yoshli ayol hamda qo‘qonlik 35 va 39 yoshli ikki erkak 44 mln so‘m evaziga 738 dona dori sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Jami 1 343 dona, umumiy qiymati 150 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251 pirim 1 moddasi 4-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 6 nafar gumonlanuvchiga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston fuqaroligini olgan qiz WTA 125 turniri chempioni boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:06

    Oʻzbekiston fuqaroligini olgan qiz WTA 125 turniri chempioni boʻldi

    Ushbu g'alaba tennischining O'zbekiston sharafini himoya qilgan holda erishgan ilk yirik yutug'i sifatida tarixga kirdi.

    'Toshkentda burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:15

    Toshkentda burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi

    Bemorniнг yaqinlari klinikani beparvolikda ayblamoqda.

    'Zelenskiy: “AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 taga qisqardi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:05

    Zelenskiy: “AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 taga qisqardi”

    Ukraina rahbari reja qayta ko‘rib chiqilgani va murosaga qaratilgani haqida ma’lum qildi.

    'Goa tungi klub yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 22:02

    Goa tungi klub yonib ketdi

    Ushbu muhim hodisa ortidan 25 kishi halok bo‘ldi.

    'AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa byudjeti loyihasini koʻrib chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 16:46

    AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa byudjeti loyihasini koʻrib chiqmoqda

    2026 moliyaviy yil uchun AQSH mudofaasiga 901 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan

    'Sudanlik jangarilar uch hafta ichida necha nafar kishini o‘ldirgani ochiqlandi.'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 15:20

    Sudanlik jangarilar uch hafta ichida necha nafar kishini o‘ldirgani ochiqlandi.

    Voqealar aholining hayotiga jiddiy tahdid solmoqda va xalqaro hamjamiyat eʼtiborini jalb qilmoqda.