Kecha, 28 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-G‘arg‘aviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir davlat rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning samimiy salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston – BAA do‘stligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda BAA hukmati bilan 40 dan ortiq yo‘nalishlarda 300 dan ziyod tashabbuslar, jumladan, “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturchi” va “Yosh yetakchilar” kabi muhim dasturlar amalga oshirilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlat boshqaruvini samaradorligini oshirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qabul qilinayotgan yangi besh yillik dasturni keng ko‘lamda amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Byurokratiyani kamaytirish, sun’iy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni o‘qitishda BAAning ilg‘or tajribasini joriy etish hamda “Yosh avlod” va “Kitob chellenji” loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kelajakdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoev va vazir Muhammad al-G‘arg‘aviy O‘zbekiston - BAA munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Boshqa yangiliklar

Siyosat 23.11.2025 11:05
Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi
O‘zbekiston tomondan Saida Mirziyoyeva usbu kengashga rahbarlik qiladi.

Siyosat 21.11.2025 17:24
O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi
Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

Siyosat 21.11.2025 11:42
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Siyosat 20.11.2025 08:13
Nyu-York meri O'zbekistonga keldi
Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat 19.11.2025 20:20
"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi
Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

