AsosiyDunyo

Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 18 ta obyektning faoliyati to‘xtatildi

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi o'tkazilgan reydlar davomida qonunbuzarlikka yo'l qo'ygan 18 ta ob'ekt 10 kunga yopilganini ma'lum qildi.

'Toshkentda atmosferani ifloslayotgan 18 ta obyektning faoliyati to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash maqsadida 24 noyabr kuni kechki 19:00 dan so‘ng keng qamrovli ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi (Ekopolitsiya) tuzgan 4 ta tezkor guruh Qibray, Zangiota, Toshkent tumanlari hamda poytaxt hududida ish olib bordi. Reydlarga FVV, Milliy gvardiya va IIV xodimlari ham jalb etildi.

Tekshiruvlar davomida jami 103 ta korxona va faoliyat yurituvchi ob'ektlar o‘rganildi. Natijada atmosfera havosini muhofaza qilish talablari buzilgan 38 ta holat aniqlandi, mas'ullarga 34,8 million so‘mlik ma'muriy jarima qo‘llandi.

Qonun talablarini qo‘pol buzgan va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatgan 18 ta ob'ektning faoliyati 10 kunga vaqtincha to‘xtatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Avstraliya senatori burqa bilan bog'liq mojaro sabab lavozimidan chetlatildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:36

    Avstraliya senatori burqa bilan bog'liq mojaro sabab lavozimidan chetlatildi

    Uning harakati ijtimoiy muhokamalar va tanqidlarga sabab bo‘ldi.

    'Tinchlikdan beri Isroil har kuni G'azoda 2 bolani o'ldirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:44

    Tinchlikdan beri Isroil har kuni G'azoda 2 bolani o'ldirmoqda

    BMTdagı Falastinning doimiy vakili Riyod Mansur Xavfsizlik Kengashi majlisida Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilmayotgani haqida keskin bayonot berdi.

    'Trumpning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasi qisqartirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:59

    Trumpning Ukraina bo'yicha tinchlik rejasi qisqartirildi

    Xo'sh, undan qaysi bandlar chiqarib tashlandi?

    'Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:47

    Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ekologik keskinlashuvni bartaraf etish uchun maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida farmon imzoladi.

    '"Tolibon" Pokiston o‘rniga ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:20

    "Tolibon" Pokiston o‘rniga ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirmoqda

    Pokiston bilan savdo to'xtashi ortidan Kobul qo'shni davlatlar bilan aloqalarni kengaytirmoqda.

    'Avstraliya senatori parlamentga burka kiyib keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:05

    Avstraliya senatori parlamentga burka kiyib keldi

    Uning bu harakati musulmon kiyimiga taqiq joriy qilish taklifini qo‘llab-quvvatlagani bilan bog‘liq.