AsosiyJamiyat

Prezident Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, mashhur rejissyor va teleboshlovchi Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshida vafot etdi.

'Prezident Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

19 noyabr kuni 84 yoshida vafot etgan Mirabbos Abdulhaqovich Mirzaahmedov milliy madaniyat va o‘zbek telesan’atining eng taniqli va mehnatkash namoyandalaridan biri edi. U 1941 yilda Toshkentda ziyolilar oilasida tug‘ilgan va teatr hamda kino yo‘nalishida professional ta’lim olgan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston telekompaniyasida rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan Mirzaahmedov 60 yildan ziyod vaqt mobaynida "Yoshlar" tahririyatida rejissyor va bosh rejissyor, "O‘zbekiston" telekanali oliy toifali rejissyori, shuningdek, 40 yildan ortiq efirga uzatilib kelayotgan "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" ko‘rsatuvining rejissyori va boshlovchisi sifatida faoliyat yuritdi.

U tomonidan suratga olingan "Bahor qaytmaydi", "Izlayman", "Qalbingga quloq sol", "Bahs", "Uch ildiz", "Dunyoning ishlari" kabi telefilmlar milliy madaniyat xazinasidan munosib o‘rin olgan.

Prezident ta’ziyasida Mirabbos Mirzaahmedovning xalqchil ijodi, ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi xizmatlari va yoshlarga ustozlik faoliyati alohida e’tirof etilgan.

Mirabbos Mirzaahmedov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni, "Mehnat shuhrati" va "Do‘stlik" ordenlari bilan mukofotlangan.

"Taniqli san’atkor, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon ustoz Mirabbos Mirzaahmedovning xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi", — deyiladi Prezidentning ta’ziyasida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yunusoboddagi bog'ni "yo'q" deb ko'rsatgan ekologiya bo'limi rahbari jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:29

    Yunusoboddagi bog'ni "yo'q" deb ko'rsatgan ekologiya bo'limi rahbari jazolandı

    Tumandagi "Adolat" mahallasidagi bog‘ bo‘yicha noto‘g‘ri bildirgi bergani uchun ekologiya bo‘limi boshlig‘iga hayfsan va 30 foizlik jarima qo‘llandi.

    'Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi

    Go‘ada o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi–2025 chorak finalida Javohir Sindorov va Nodirbek Yo‘qubboyev raqiplarini mag‘lub etdi va tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi bir vaqtning o‘zida yarim finalga chiqdi.

    'Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

    DHX va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatida 343 gramm simobni 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi.

    '“Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:26

    “Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi

    Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

    'Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:56

    Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi

    Moskva viloyatida qor-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant yengillatilgan ayblov asosida 1 yil shartli jazo oldi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:22

    Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot

    Hodisa oqibatida Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filialida 2 bosqichda o‘qiyotgan talaba voqea joyida halok bo‘lgan.