AsosiyJamiyat

Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

DHX va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatida 343 gramm simobni 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi.

'Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ushlandi.

Ular o‘zaro til birlashtirib, mamlakat hududida erkin muomalaga chiqarilishi taqiqlangan uch dona flakonda bo‘lgan, jami 343 gramm simobni 35 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi "b" va "v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Rasmiylarga ko‘ra, simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni sotish, sotib olish yoki maishiy sharotida qo‘llash qat’iyan taqiqlanadi. U kuchli zaharliilik darajasiga ega bo‘lgani bois, mamlakat hududida erkin muomala ham man etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi

    Go‘ada o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi–2025 chorak finalida Javohir Sindorov va Nodirbek Yo‘qubboyev raqiplarini mag‘lub etdi va tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi bir vaqtning o‘zida yarim finalga chiqdi.

    '“Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:26

    “Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi

    Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

    'Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:56

    Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi

    Moskva viloyatida qor-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant yengillatilgan ayblov asosida 1 yil shartli jazo oldi.

    'Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 19:22

    Surxondaryoda 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga ot

    Hodisa oqibatida Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filialida 2 bosqichda o‘qiyotgan talaba voqea joyida halok bo‘lgan.

    'Toshkentda narkosavdogar oila a'zolaridan 8 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 18:57

    Toshkentda narkosavdogar oila a'zolaridan 8 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

    Hozirda ularga nisbatan JKning 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    '"Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2025 14:35

    "Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q

    O'zbekistonda ekologik nazorat kuchaytiriladi.