AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida hokimlik mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi

Mansabdor nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanildi.

'Toshkent viloyatida hokimlik mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

DHX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, 2024 yilning dekabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bo‘yicha prokuratura tomonidan qurilishga oid tekshiruv ishlari olib borilganda, 176 million so‘mlik kamomad aniklanadi va qurilishni amalga oshirgan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, hujjatli teftish tekshiruvi tayinlanadi. 

Bundan boha bo‘lgan, Toshkent viloyati hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat muassasasi bosh yuriskonsulti o‘zining mansabdor tanishlari orqali teftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga MChJ rahbaridan 8400 AQSh dollarini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuriskonsult kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Tergov harakatlari olib borilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:54

    'Toshkent viloyatida to'xtab turgan Cobalt yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:27

    Toshkent viloyatida to'xtab turgan Cobalt yonib ketdi

    Viloyat FVB voqea tafsilotlarini ochiqladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:14

    'Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:07

    Sirdaryoda va Andijonda soliqchi, Samarqandda MIB xodimi pora bilan ushlandi

    Ushbu korrupsion holatlar yuzasidan jinoyat ishi ko'zgatilib, ikki kishi qamoqqa olingan.

    'Sirdaryoda erkak xotiniini rashk qilib, shifokorni kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    'Bugun havo harorati 24 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Bugun havo harorati 24 darajagacha ko‘tariladi

    15 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.