AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni kengaytiradi

Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida Qatar Amiri bilan uchrashdi.

'O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni kengaytiradi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahriga amaliy tashrifi doirasida Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo, sarmoya va "yashil" energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Suhbatda tovar ayirboshlash hajmining 45 foizga oshgani, Qatarning yirik kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, transport, geologiya, to‘qimachilik, turizm va infratuzilma yo‘nalishlaridagi qo‘sha tashabbuslar muhokama qilindi. Shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy masalalarda ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar