AsosiySiyosat

Mirziyoyev Japarovga maktub yo‘lladi

Maktubda Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga minnatdorchilik bildirgan.

'Mirziyoyev Japarovga maktub yo‘lladi'ning rasmi

Maktubda Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasi hamda Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiya yuborgani uchun minnatdorlik izhor etgan.

"Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e‘tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman. Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi", – deyiladi maktubda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 31.10.2025 20:29

    'Qirgʻiziston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni YUNESKO Bosh konferensiyasining ochilishi bilan tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 31.10.2025 12:52

    Qirgʻiziston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni YUNESKO Bosh konferensiyasining ochilishi bilan tabrikladi

    Ushbu tabrikni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.

    'UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

    Siyosat 30.10.2025 16:59

    UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

    Taқdirlaş Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining ochilish marosimida boʻlib oʻtdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 30.10.2025 14:44

    ''ning rasmi

    Siyosat 30.10.2025 13:26

    'Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 30.10.2025 10:53

    Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi

    Ular ikki nafari davlat rahbarining maslahatchisi, bir nafari esa hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘ldi.