AsosiySiyosat

UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Taқdirlaş Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining ochilish marosimida boʻlib oʻtdi.

'UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMTning ushbu nufuzli instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Odri Azule davlat rahbarini tarixiy voqea – tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so‘nggi 40 yilda ilk bor UNESCOning Parij shahridagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekistonning konferensiyani yuqok saviyada tashkil etish, shuningdek, uni amaliy ahamiyatga ega tadbirlar bilan boyitish borasidagi keng ko‘lamli ishlariga ijobiy baho berildi.

Xususan, UNESCOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushiriladi, Beruniy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000 yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt, gender mavzulari bo‘yicha forumlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlikda yuqok darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Birgalikda bolalar ta’limi bo‘yicha butunjahon konferensiyasi o‘tkazildi, Parijda Beruniyning 1050 yilligi nishonlandi, buyuk alloma sharafiga xalqaro mukofot ta’sis etildi.

O‘zbekistonning tashabbusi bilan UNESCOning uchta muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi. Tashkilotning maxsus ro‘yxatlariga O‘zbekistonning bir qator yangi ob’yektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.

UNESCO bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga q‘o‘shgan shaxsiy hissasi uchun Odri Azule xonimga davlatimizning yuqok mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:44

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:26

    'Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:53

    Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi

    Ular ikki nafari davlat rahbarining maslahatchisi, bir nafari esa hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘ldi.

    'Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi navbatdagi sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 08:12

    Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi navbatdagi sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi

    Ushbu muhim sessiya doirasida ta'lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bag'ishlangan 150 dan ortiq turli shakldagi tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

    'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

    Siyosat Bugun 07:26

    Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 28 daraja issiq bo'ladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 29.10.2025 20:16