AsosiySiyosat

Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi navbatdagi sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi

Ushbu muhim sessiya doirasida ta'lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bag'ishlangan 150 dan ortiq turli shakldagi tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

'Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi navbatdagi sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bosh konferensiyaning tarixiy sessiyasi qirq yil ichida birinchi marta UNESCOning Parijdagi qarorgohidan tashqarida o‘tkazilmoqda. Bunday keng ko‘lamli xalqaro forumning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning tashkilot g‘oyalari va qadriyatlariga sodiqligi, shuningdek, tinchlik, o‘zaro anglashuv va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi global muloqotni rivojlantirishga faol hissa qo‘shishga qat’iy intilishining yorqin tasdig‘i bo‘ladi.

Ushbu muhim sessiya doirasida ta’lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan 150 dan ortiq turli shakldagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bunday nufuzli xalqaro tadbir dunyoning eng qadimiy va ulug‘vor shaharlaridan birida tashkil etilgani o‘ziga xos ramziy ma‘noga ega. Bu jahon hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan yuqori ishonchi, uning madaniyatlararo muloqot g‘oyalarini ilgari surish, tarixiy-madaniy asrab-avaylash va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish borasidagi nufuzi hamda faolligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Tadbirda 200 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlardan yuqori darajadagi delegatsiyalar, jumladan, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini, UNESCO Bosh direktori Odri Azule va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etadi.

UNESCO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasi bo‘lib, 1945 yilda ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilda UNESCOning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1996 yilda Toshkentda tashkilotning vakolatxonasi ochilgani mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan hamkorligi va ko‘p qirrali sherikligini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 16:59

    UNESCO Bosh direktori Prezident tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

    Taқdirlaş Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining ochilish marosimida boʻlib oʻtdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:44

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:26

    'Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:53

    Prezidentining tegishli farmonlari bilan Ravshan G‘ulomov, Obid Hakimov, Aziz Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi

    Ular ikki nafari davlat rahbarining maslahatchisi, bir nafari esa hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘ldi.

    'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

    Siyosat Bugun 07:26

    Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 28 daraja issiq bo'ladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 29.10.2025 20:16