AsosiyJamiyat

“O‘zbekiston pochtasi” AJ xususiylashtirilgani haqidagi xabar rad etildi

Avvalroq UzPost pochta operatoridagi davlat ulushi xususiylashtirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

'“O‘zbekiston pochtasi” AJ xususiylashtirilgani haqidagi xabar rad etildi'ning rasmi

"O‘zbekiston pochtasi" AJ tomondan investitsiyalarni jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda aksionerlik jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu orqali infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistikanini rivojlantirish, raqamli echimlarni joriy etish, pochta tarmog‘ini kengaytirish, shu jumladan qishloq va olis hududlarda pochta jo‘natmalari va posilkalarni qayta ishlash hamda yetkazib berish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish maqsad qilingan.

Kompaniya transformatsiyasini amalga oshirish va investitsiyalarni jalb etish uning faoliyatini uzoq muddat barqarorligini ta’minlash, yetkazib berish bo‘yicha xususiy operatorlar rivojlanayotgan sharoitda raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatishning sifat standartlarini joriy etish, shuningdek respublika aholisi uchun, jumladan uzoq va olis hududlarda universal pochta xizmatlarining mavjudligini ta’minlash imkoniyatini beradi.

Ushbu tadbirlar yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, elektron tijorat va butun mamlakat hududida bu bilan bog‘liq xizmatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda, "O‘zbekiston pochtasi" AJning aksiyadorlari sifatida davlat tashkilotlari – Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, shuningdek, davlat ishtirokidagi beshta korxonalar va 16 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etmoqda.

Jamiyat faoliyatiga yirik investorni jalb etish bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuz berganda "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiq tegishli ma’lumot rasmiy tarzda oshkor qilinadi.

Avvalroq UzPost pochta operatoridagi davlat ulushi xususiylashtirilgani haqida xabarlar tarqalgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:20

    Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi

    Bildirilishicha, holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

    'Toshkentda 2 ta Matiz to'qnashuvi ortidan uch kishi jarohatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:44

    Toshkentda 2 ta Matiz to'qnashuvi ortidan uch kishi jarohatlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    'Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:41

    Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi

    YTH tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagida sodir bo‘lgan.

    'Fargʻonada ikkita Lacetti toʻqnashishi ortidan ulardan biri yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Fargʻonada ikkita Lacetti toʻqnashishi ortidan ulardan biri yonib ketdi

    Holat yuzasidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Ravshan Ermatov FIFA qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:24

    Ravshan Ermatov FIFA qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻldi

    Ermatov avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qo‘mitasi raisining 2023−2027 yillar uchun o‘rinbosari bo‘lgandi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva mushug'i yo'qolib qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.10.2025 22:30

    Shahnaza Mirziyoyeva mushug'i yo'qolib qoldi

    Mirziyoyeva bu haqda o'zining Instagram sahifasida yozib, mushukni topishda jamoatchilikdan yordam so'radi.