AsosiyJamiyat

Robototexnika, 3D va frilans: Farg‘onadagi “IT-shaharcha” yoshlarga nima beradi?

Prezident tashabbusi bilan yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga bepul o‘qitishga qaratilgan “IT-shaharcha” loyihasi bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Bugungi kunda mamakatning bir qancha hududlarida ushbu markazlar faoliyat yuritmoqda.

'Robototexnika, 3D va frilans: Farg‘onadagi “IT-shaharcha” yoshlarga nima beradi?'ning rasmi

Yaqinda jurnalistlardan iborat guruh Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi yangi “IT-shaharcha” bilan tanishish maqsadida press-turda ishtirok etdi. Tashrif davomida markazda xorijiy tillarni o‘rganish darajasi, startap garajlar va ixtirolar bilan tanishildi.

Farg‘ona viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sultonboq Boqijonovning ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda markazda 600 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ular dasturlash, xorijiy tillar, robototexnika va 3D modellashirish yo‘nalishlarida bilimga ega bo‘lishmoqda.

Mutaxassisning aytishicha, loyiha uchun ajratilayotgan mablag‘lar o‘zini oqlamoqda. Boqijonovga ko‘ra, bu markazlarda yetishayotgan kadrlar nafaqat mahalliy, balki xalqaro IT-bozorda ham o‘z o‘rniini topishi mumkin.

Ta’lim to‘liq bepul. O‘qituvchilarga esa yuqori maosh va barqaror ish sharoiti yaratilgan. Ularning faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Markazda inklyuzivlik tamoyiliga amal qilinib, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun moslashtirilgan infratuzilma tashkil etilgan. Xususan, binoga kirish joylarida maxsus yo‘lakchalar mavjud, har bir xonaga to‘siqsiz kirish mumkin.

“IT-shaharcha” hududida 24 soat faoliyat yuritadigan coworking zonalar mavjud. Bu yerda yoshlar bepul internet, Wi-Fi va boshqa zaruriy sharoitlar bilan ta’minlangan.

Loyiha yoshlar uchun faqatgina bilim olish maskani emas, balki kasbiy rivojlanish, IT-startaplar va frilanserlik faoliyatining yangi manziliga aylanmoqda. Farg‘onadagi markaz esa bu borada namuna sifatida keltirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xususiy telekommunikatsiya operatorlariga xalqaro internet kanallarga ulanishga ruxsat berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:44

    Xususiy telekommunikatsiya operatorlariga xalqaro internet kanallarga ulanishga ruxsat berildi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi ulanishni muvofiqlashtirish uchun mas'ul organ etib tayinlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:49

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning maqolasiga munosabat bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:23

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning maqolasiga munosabat bildirdi

    Iztirobli o‘ylar bilan bir qatorda, maqola umid nurlari, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat va uning kelajagiga ishonch bilan yo‘g‘rilgan.

    'Haydovchilik guvohnomasini onlayn "Yagona portal" orqali tiklash mumkin boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:54

    'Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov “Alamim bor” nomli maqolasini e’lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:46

    'Россияда ҳалок бўлган йигит Сурхондарёлик экани маълум бўлди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:39

    Россияда ҳалок бўлган йигит Сурхондарёлик экани маълум бўлди

    23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.