AsosiyDunyo

Bashar Asadning million dollarlik superkar to‘plami auktsionga qo‘yildi

Ular orasida Ferrari, Lamborghini va Mercedes-Benz kabi mashhur brendlarning maxsus modellari bor.

'Bashar Asadning million dollarlik superkar to‘plami auktsionga qo‘yildi'ning rasmi

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadga tegishli noyob avtomobillar Damashqda o‘tkazilayotgan kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yildi.

Ular orasida Ferrari, Lamborghini va Mercedes-Benz kabi mashhur brendlarning maxsus modellari mavjud. "Ynetnews" xabariga ko‘ra, auktsionda sotuvdan tushgan mablag‘lar Suriya taraqqiyot fondiga yo‘naltiriladi. Auktsionda Suriyaning yangi prezidenti Ahmad ash-Sharaa ham ishtirok etishi kutilmogda.

Dastlabki bosqichda quyidagi uchta superkar savdoga chiqarildi: Ferrari F50 — 3–4 million dollar qiymatga ega, atigi 349 dona ishlab chiqarilgan. 4,7 litrli, 520 ot kuchiga ega V12 dvigatel bilan 3,7 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi; Mercedes SL65 AMG Black Series — 670 ot kuchiga ega, 300 dona ishlab chiqarilgan, bahosi 500 ming dollar atrofida; Audi R8 (birinchi avlod) — 525 ot kuchiga ega V10 dvigatelli superkar.

Rossiyaga qochib ketgan Asad taxminan 20 million dollarlik o‘nlab mashinalardan iborat to‘plamini ortda qoldirgan. Kelajakda Ferrari F12 TDF, Lamborghini Countach, Mercedes 600 W100 kabi boshqa noyob modellarning ham savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar