AsosiyJamiyat

Obodonlashtirish sohasida ishlaydiganlarning farzandlari va nabiralariga kontrakt to‘lab beriladi

Hududlardagi sanitariya tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarida 10 yildan beri ishlab kelayotgan xodimlar o‘rtasida "Tabiat uygunligi himoyachisi" tanlovi o‘tkaziladi.

'Obodonlashtirish sohasida ishlaydiganlarning farzandlari va nabiralariga kontrakt to‘lab beriladi'ning rasmi

Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi 514-sonli qarori asosida o‘tkaziladi.

Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025 yil 1 sentyabrda boshlanib, g‘oliblar 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.

G‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi.

Shuningdek, aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targ‘ib qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish, soha fidoyilarini qo‘llab-quvvatlash, chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish ham maqsad qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Sen ruslarning qulisan" voqeasi ortidan TIV OAV va blogerlarni muhokamalardan tiyilishga chaqirdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 19:49

    "Sen ruslarning qulisan" voqeasi ortidan TIV OAV va blogerlarni muhokamalardan tiyilishga chaqirdi

    Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги блогерлар ва ОАВ вакилларидан аллақачон ўз ечимини топган масалаларни қайта кўтариб, жамоатчиликда ортиқча хавотир уйғотмасликни сўради.

    'Qozogʻiston va Oʻzbekiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 17:18

    Qozogʻiston va Oʻzbekiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi

    Shartnoma doirasida chegaradan harbiy kolonnalarning o'tishi, poligonlardan foydalanish hamda tibbiy va texnik ta'minot masalalari tartibga solinadi.

    'Toshkentda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 14:27

    Toshkentda mudhish voqea yuz berdi

    Yengil avtobus yonib ketdi.

    'Fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 12:17

    Fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi

    2026 йилдан бошлаб (пахта ва ғалладан ташқари) қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини сотишда қўшилган қиймат солиғи 0 фоиз қилиб белгиланади.

    'Farg‘onada 3 ta AYOKSH sifatsiz benzin sotgani uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 11:06

    Farg‘onada 3 ta AYOKSH sifatsiz benzin sotgani uchun jarimaga tortildi

    Nazorat tadbirlarida Ai-80 va Ai-92 markali avtobenzin namunalarida davlat standartlariga mos kelmaganlik holatlari aniqlandi.

    'Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 10:21

    Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

    Sentyabr–oktyabr oylarida poytaxtning turli hududlarida issiq suv taʼminoti profilaktika ishlari sababli bosqichma-bosqich oʻchiriladi.