Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan mamlakating bir nechta hududida o‘tkazilgan tadbirlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Qarshi shahri: Fuqarolardan biri — F.X. tomonidan kompyuter o‘yinlari markazi faoliyat yuritayotgan binoda elektr tarmoqlariga o‘zbo‘shimcha bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish holati aniqlanib, jami 207,6 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy sarflangani ma’lum bo‘ldi.
Marg‘ilon shahri: Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro M.S. “Rohаt” MFY hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanib, 117,9 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Nukus shahri: “I.R.” MChJ mas’ul shaxslari “Yoshlar istirohat bog‘i” qurilishida elektr tarmoqlariga o‘zbo‘shimcha bilan ulanib, 106,8 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani fosh etilgan.
Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.