AsosiyJamiyat

Endi kam ta’minlangan oilalarning o‘qish puli to‘lab beriladi

Vaucherlar talabgorlarga faqat bir marta taqdim etiladi.

'Endi kam ta’minlangan oilalarning o‘qish puli to‘lab beriladi'ning rasmi

Endi ishsiz aholi va «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalardagi ishsizlarning kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi. Vaucherlar talabgorlarga eksterritorial tamoyili asosida, faqat bir marta taqdim etiladi.

21 avgustda «2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan «Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokida kasb-hunar va chet tillarini o‘qitishning vaucher tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish izlayotgan shaxslar hamda «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolarini Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli o‘qitish tizimini joriy etish tartibi belgilangan. Bunda ishsizlar kasb-hunar markazlarida ish beruvchilarning buyurtmalari asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi.

Kasb-hunarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar davomiyligi uch oydan ortiq bo‘lgan o‘quv kurslariga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan ishsiz oila a’zolariga to‘lanadi. Stipendiyalarni to‘lash tuman yoki shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim vazirligi ecosys.mehnat.uz tizimida ishsizlarga vaucher tizimi asosida ta’lim beruvchi ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini yuritadi. Ushbu tizimda mazkur ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar ham e’lon qilinadi. Ta’lim tashkilotlari vaucher tizimidan foydalanish uchun elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Hujjatda tasdiqlangan Kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish uchun vaucherlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan:

Ishsizlarga, shu jumladan, «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolariga yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ishsizlarga vaucher tizimi asosida o‘qitish xarajatlarini qoplash tartibi;

Vaucher tizimi asosida bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirish;

Vaucherlarni berish va ulardan foydalanish, shuningdek, vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi belgilangan.

Nizomga muvofiq talabgorlar vaucher olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ecosys.mehnat.uz tizimida onlayn tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Vaucherlar talabgorning doimiy yashash joyidan qat’iy nazar eksterritorial tamoyili asosida, faqat bir marta taqdim etiladi. Vaucher olingan sanadan boshlab uch oy mobaynida amal qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.08.2025 20:41

    'Andijonda xususiy korxonadan 3 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.08.2025 19:18

    Andijonda xususiy korxonadan 3 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi

    MIBning ma'lum qilishiga ko'ra, qarzdorlik to'liq naqd pul shaklida qoplangan.

    'Andijonda 100 millionlik tovarni noqonuniy olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 23.08.2025 18:14

    Andijonda 100 millionlik tovarni noqonuniy olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi

    Volvo mashinasiga yuklangan tovarlar tekshirilganda hujjatlarda ko‘rsatilmagan katta miqdordagi tovar avtotransportga yuklanganligi fosh bo‘ldi.

    'Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridini qonunga zid ravishda o‘tkazgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 23.08.2025 14:12

    Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridini qonunga zid ravishda o‘tkazgani aniqlandi

    Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    'Toshkent viloyati sudyasining ishi Sudyalar odob komissiyasida tekshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.08.2025 12:59

    Toshkent viloyati sudyasining ishi Sudyalar odob komissiyasida tekshiriladi

    Toshkent viloyatida sudya dabdabali toʻy qilgani haqidagi xabarlar oʻz tasdiqini topmadi. Ammo sudyaning xatti-harakatlari ustidan tekshiruv oʻtkazilishi belgilandi.