AsosiyJamiyat

Noqonuniy valyuta savdosi bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi

Tezkor tadbirlarda valyuta olidi-sotdisi bilan shug'ullangan bir nechta fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

'Noqonuniy valyuta savdosi bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIB xodimlari tomonidan Samarqand, Xorazm, Buxoro va boshqa hududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

Xususan, Qo‘shrabot tumanida fuqaro A.N. 3 900 AQSH dollarini 49,5 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Urganchda fuqaro R.X. 4 000 dollarni 50,6 million so‘mga sotib olganida qo‘lga olingan. Buxoroda K.I. xuddi shunday miqdordagi valyutani 50,4 million so‘mga, G‘ijduvonda esa D.M. 3 500 dollarni 44,3 million so‘mga sotib olayotganida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar