Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir nechta hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Xususan, Davlatobod tumanidagi “N.L.” MChJ rahbarlari hisoblagichlarga tashqi ta’sir o‘tkazish orqali elektr energiyasidan 1,9 milliard so‘m miqdorida foyda ko‘rganlikda gumon qilinmoqda. Ular plomba va ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan.
Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro S.B. o‘z xonadonini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 186 million so‘mlik elektrni ruxsatsiz ishlatgan.
Shuningdek, Qarshi tumanida J.S.ning o‘g‘li R.S. o‘z xonadonidagi issiqxonani tabiiy gazga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 119,6 million so‘mlik gazdan tijorat maqsadida foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari davom etmoqda.