2025 yilning 15 avgustdan 16 avgustga o‘tar kechasi, soat 02:30 lar atrofida Termiz shahrining “Mehrobod” mahallasida yashovchi er-xotin o‘rtasida oilaviy nizo yuzaga kelgan.
Surxondaryo viloyat IIB bergan rasmiy xabarga ko‘ra, erkak o‘z turmush o‘rtog‘ining yuz-chakka va quloq sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan hozirda Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ayol ilgari doimiy tazyiq va zo‘ravonlik ostida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu bois bu jihatlar alohida o‘rganilmoqda.
“Holat yuzasidan tegishli huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, — deya qo‘shimcha qilinadi viloyat IIB xabarida.