AsosiyJamiyat

Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonliklar uchun Yaponiyada avtobus haydovchisi bo‘lib ishlash imkonini beruvchi yangi dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.

'Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi'ning rasmi

Willer Express O‘zbekistondan haydovchilarni jalb etishga qiziqish bildirgani haqida Migratsiya agentligi ma’lum qildi. Loyiha shuningdek Onodera User Run bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, mamlakatda haydovchilarni tayyorlash tizimi joriy etiladi. Toshkent shahrida zamonaviy o‘quv poligoni qurilib, amaliy mashg‘ulotlar Yaponiyadan olib kelingan o‘ng rulii avtobuslarda o‘tkaziladi.

Dastur qatnashchilari Yaponiyada 5 yilgacha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu vaqt davomida xavfsizlik va servis yo‘nalishida tajriba to‘playdi. Keyinchalik ular O‘zbekistonga qaytib, ortirgan ko‘nikmalarini mahalliy sohada qo‘llashi mumkin.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar intizomli va mehnatkash kadrlar sifatida yuqori baholanmoqda. Kelgusida ushbu loyihani nafaqat poytaxtda, balki boshqa hududlarda ham kengaytirish rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning 27 ming yevrolik soat taqqanligi haqidagi mish-mishlar rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning 27 ming yevrolik soat taqqanligi haqidagi mish-mishlar rad etildi

    Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho Patek Philippe Calatrava emas, balki nisbatan arzonroq Tissot soati aks etgan.

    'Apple’da rahbariyat almashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:38

    Apple’da rahbariyat almashadi

    Hozirgi rahbar Tim Kuk esa direktorlar kengashi raisi bo‘lib qoladi.

    'Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:20

    Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi

    Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 14:40

    Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”

    Belarus yetakchisi G‘arb tanqidlariga munosabat bildirib, AQSH bilan "katta bitim"ga tayyorligini aytdi.

    'Истанбулда ўзбекистонлик аёл севгилисини 20 минг долларга “туширдими”?'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 12:46

    Истанбулда ўзбекистонлик аёл севгилисини 20 минг долларга “туширдими”?

    Turkiyalik erkak munosabat davomida o‘zbekistonlik ayolga katta miqdorda pul berganini maʼlum qildi.

    'Toshkentda xonadon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 12:00

    Toshkentda xonadon yonib ketdi

    Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlanganlar qayd etilmagan.