AsosiyJamiyat

Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi

Hodisa ortidan 3 nafar harbiy halok bo‘lgan.

'Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi harbiy poligonda tank snaryadi portlab, uch nafar harbiy halok bo‘ldi. Yana bir harbiy jarohat olgan.

Hodisa Oita prefekturasidagi Hijuday poligonida mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, snaryad otilishidan oldin portlab ketgan. Halok bo‘lganlar orasida tank komandiri, to‘pchi va boshqa mas’ul harbiylar bor.

Yaponiya mudofaa vaziri Shinjiro Koizumi hodisa sabablari o‘rganilayotganini bildirib, xavfsizlik choralari kuchaytirilishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar