Qarorga ko‘ra, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod etiladi. Ushbu imtiyoz davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan xizmatlarga ham tatbiq etiladi.
Shuningdek, ota-onalar tomonidan bunday xizmatlar uchun har bir bolaga oyiga 3 million so‘mgacha to‘lovlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilindi.
Qonunga kiritilgan yana bir o‘zgarishga ko‘ra, zoravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar “Inson” markazlari tavsiyasi asosida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin bo‘ladi. Qonun rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.






