AsosiyDunyo

Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming migrant deport qilindi

Hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi chorani kuchaytirgan.

'Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming migrant deport qilindi'ning rasmi

2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming kishi deportatsiya qilingan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi davrga (2,4 ming) nisbatan 17 foizga ko‘p. Hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi chorani kuchaytirgan. Joriy yilning birinchi yarmida migratsiya sohasida 587,8 mingta huquqbuzarlik aniqlandi (+16,7 foiz), jumladan, noqonuniy yashash (+27,9 foiz) va bozorlar orqali ishga joylashishda qoidabuzarliklar (+52,5 foiz).

Shuningdek, IIV vaqtincha yashash ruxsatnomasi va yashash guvohnomasini berishni ham sezilarli darajada qisqartirgan. Birinchi yarim yillikda berilgan vaqtincha yashash ruxsatnomalari soni 31,6 foizga kamayib, 16,6 mingni, yashash guvohnomasi esa 32,2 foizga kamayib, 80,1 mingni tashkil qilgan. Bundan tashqari, shu davrda 791 kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan.

Ma’lumot uchun, xorijliklarning mehnat faoliyati bo‘yicha bildirishnomalar soni oshgan. Patentlar bo‘yicha – 30,1 foizga oshib, 1,2 millionga, mehnat ruxsatnomalari bo‘yicha esa – 64,2 foizga oshib 70,7 mingga yetgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Slovakiya va Vengriyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:21

    Slovakiya va Vengriyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi

    Hozirda "Drujba" quvurining janubiy yo‘nalishi orqali Rossiya neftini faqat Vengriya va Slovakiya xarid qilmoqda.

    'Toshkentda aliment to‘lovi bo‘yicha rekord miqdor qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:13

    Toshkentda aliment to‘lovi bo‘yicha rekord miqdor qayd etildi

    4 farzandini ta'minlash uchun otaning 2,4 milliard so‘mlik aliment to‘lovi bir yo‘la amalga oshirildi.

    'Trump Zelenskiy va Putinni uchrashuvga tayyorlayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:32

    Trump Zelenskiy va Putinni uchrashuvga tayyorlayapti

    AQSh prezidentining aytishicha, Ukraina va Rossiya prezidentlari toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara oʻtkazish jarayonida.

    'Sobiq sudyaning 13 milliardlik aktivlari musodara qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:38

    Sobiq sudyaning 13 milliardlik aktivlari musodara qilindi

    Prokuratura ularni noqonuniy boylik deb topdi.

    'Yevropa Zelenskiyni qoralashdan qutqardi. Ammo bu faqat vaqtincha yengillikmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:34

    Yevropa Zelenskiyni qoralashdan qutqardi. Ammo bu faqat vaqtincha yengillikmi?

    DW шарҳловчиси Дирк Эммерихнинг ёзишича, НАТО саммитида Европа ўз кучини намойиш қилди va Зеленскийга нисбатан кутилган босимни бартараф этди.

    ''ning rasmi

    Dunyo 19.08.2025 18:34