AsosiyJamiyat

Yerni sotaman, deb 17 ming dollar olgan fermer ushlandi

Samarqand tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 18 sotix yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lib, fuqarodan 17 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi.

'Yerni sotaman, deb 17 ming dollar olgan fermer ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. firibgarlik ustida ushlandi.

U fuqaroga “Vadal” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 25 ming AQSh dollariga sotishni va’da qilgan. Kelishuvga ko‘ra, 8 ming dollarni bo‘nak sifatida olgan fermer, qolgan 17 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.

    2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyatiga Parij shahridan nufuzli xalqaro meʼmoriy mukofot — Prix Versailles tanlov qoʻmitasidan rasmiy maktub kelib tushdi.

    'Netanyahu o'ldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    Netanyahu o'ldimi?

    Eron uning ofisiga zarba berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:30

    'Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi

    Hodisa oqibatida obyekt hududida yong‘in yuzaga kelgan.

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.