Bosh prokuratura shtabi tomonidan olib borilgan tekshiruvda Oqdaryo tumanida fuqaro S.S.ga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan oldin yashirin tarmoq ulash orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 315 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.






