AsosiyJamiyat

Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Bankomatni o‘g‘irlashga uringan 3 nafar "shovvoz"ga nisbatan jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

'Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 avgust kuni soat 23.50 larda Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumandagi “Xurshid” mahalla fuqarolar yig‘ini Beshqayrag‘och ko‘chasiga o‘rnatilgan Paynet bankomatini o‘g‘irlashga urinish bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi, deya yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea joyiga etib borgan tezkor-qidiruv xodimlarining surishtiruv ishlarini puxta va to‘g‘ri tashkil qilgani bois uch nafar gumonlanuvchi: A.Shahzod, T.Farruh, Z.Zabihullalar ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchovlon qo‘lqoplar, yuzlarini yashirish uchun bosh kiyimlar kiyib, kulrang Tracker avtomashinasining davlat raqamlarini echib olgan holda harakatlanishgan. Voqea joyida bankomatni ko‘tarib mashina yukxonasiga joylashtirishga uringanda uni og‘irligidan tushirib yuborishadi. Taraqlab tushgan bankomat ovozlari fuqarolarning e’tiborini tortganidan shubhalanib, ular shikast yetgan bankomatni tashlab voqea joyidan qochib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-modda orqali 169-moddasi (O‘g‘irlik qilishga suiqasd) bilan jinoyat ishi ko‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda tanish ayolning yalang‘och videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qilgan erkak ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 22:49

    '"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmorod Islomov 71 yoshida vafot etdi"'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 21:46

    "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmorod Islomov 71 yoshida vafot etdi"

    Dilmurod Islomov "O‘zbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi bo‘lib, 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda o‘zbek san’atini olamga tanitishga hissa qo‘shgan.

    'Oʻzbekiston Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 19:07

    Oʻzbekiston Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi

    O‘zbekiston TIV O‘zarbayjon va Armaniston o‘rtasida tuzilgan tinchlik sulhiga munosabat bildirdi.

    '"Uzum" brendini o‘g‘irlagan restorandan 94 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 17:02

    "Uzum" brendini o‘g‘irlagan restorandan 94 million so‘m undirildi

    Restorandanlardan biri Uzum ko‘rinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilaotganligi aniqlandi.

    'Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik qoyatoshlar orasiga qisilib qolib, halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 13:56

    Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik qoyatoshlar orasiga qisilib qolib, halok bo‘ldi

    O‘zbekistonlik sohilda cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqaraman deb qo‘yato‘shlar orasida qolib ketgan.

    'Toshkent viloyatida yigit mashina to‘mida salyut uchirdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.08.2025 12:36