AsosiyJamiyat

Xorazmdagi xususiy bog‘cha rahbari bolani jarohatladi

Voqeaga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

'Xorazmdagi xususiy bog‘cha rahbari bolani jarohatladi'ning rasmi

Joriy yilning 29 iyul kuni Xorazm viloyati Xiva tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida muassasa rahbari bolani jarohatladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqalanishicha, mazkur muassasada rahbar lavozimida ishlab kelayotgan J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh.ni she’rni yodlab kelmaganligi uchun chap yelka sohasini qo‘li bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan bolaning yaqinlari tomonidan Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilingan va mazkur holat Xiva tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida muhokama qilingan. Ayni paytda Xiva tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Mazkur voqea bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish, bola huquqlari va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida milliy armiyani zamonaviy tahdidlarga tayyorlash, uni yuqori texnologiyali va tezkor kuchga aylantirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

    'Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди

    Таиланднинг Пхукет оролида ичида 3 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳам бўлган картер ҳалокатга учради.

    'Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

    Ҳодиса ҳайдовчининг йўл ҳаракати қоидаларини бузиши оқибатида содир бўлган.

    'Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:16

    Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin

    Dmitriy Medvedev AQSh Prezidenti Donald Trumpni Grenlandiya masalasida shoshilishga chaqirdi va orol aholisi Rossiyaga qoʻshilishi mumkinligini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    'Samarqand tumani tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Samarqand tumani tugatiladi

    Samarqand shahri "millionli shahar"ga aylantirilishi doirasida Samarqand tumani alohida ma'muriy-hududiy birlik sifatida tugatilishi rejalashtirilmoqda.