Surxondaryo viloyatida Gentra betonga urilishi oqibatida 4 nafar 19 yoshli sinfdoshlar halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, holat viloyatning Oltinsoy tumanida sodir bo‘lgan. 2006-yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasi va tajribaga ega bo‘lmasdan turib avtomashina boshqargan. U 4 nafar sinfdoshi bilan harakatlangan.
Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida beton to‘siqqa urilgan. Hodisa sabab 4 nafar yigit halok bo‘lgan.
“Mashinani egasi yuvib kel deb bergan edi. Balloni yorilib ketdimi, rul bir tomonga ketib qoldi”, — deydi rulda bo‘lgan yigit.