AsosiyJamiyat

Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U 2022 yilda ushbu mamlakatga vaqtincha ishlash maqsadida borgan. 2025 yilda insultga uchragan.

'Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi'ning rasmi
O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz bugun oilasi bag‘riga qaytarildi.

O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, vatandoshimiz V.J. 2022 yilda Xorvatiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. 2025 yil 18 aprel kuni uning salomatligi keskin yomonlashib, Riyeka shahridagi klinik kasalxona markazining reanimatsiya bo‘limiga insult tashxisi bilan yotqizilgan. O‘tgan vaqt davomida unga zarur jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida va O‘zbekistonning vakolatli organlari ko‘magida V.J. dastlab shifokorlar nazorati hamda tibbiy talablarga rioya qilingan holda Germaniyaga yetkazildi. Shundan so‘ng, Myunxen–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda reanimatolog hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.

Ta’kidlash joizki, xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar