AsosiyJamiyat

Toshkentda Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib fuqarolardan 18 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.

'Toshkentda Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib fuqarolardan 18 ming dollar olgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Toshkentda Germaniyaga ishga yuborish haqidagi e’lonlar orqali fuqarolarni jalb qilib, ularning pullarini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar bermoqda.

Ushbu holat Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Qayd etilishicha, "F.A." MCHJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida internet ijtimoiy tarmoqlariga e’lonlar joylashtirgan. Ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 AQSH dollari va 73,2 mln so‘m (taxminan 5830 dollar) pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'So‘nggi 6 oyda 3 mlndan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:27

    So‘nggi 6 oyda 3 mlndan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi

    Prezident aholi bandligi va kasbiy ta’limi bo‘yicha yangi yondashuvlar borasidagi taqdimot bilan tanishdi.

    'Kreativ yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun grant asosidagi bepul kurslar e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:34

    Kreativ yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun grant asosidagi bepul kurslar e’lon qilindi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘magida yosh mutaxassislar tayyorlanadi.

    '25 ta tarixiy obida maketi Islom sivilizatsiyasi markaziga sovg‘a qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:20

    25 ta tarixiy obida maketi Islom sivilizatsiyasi markaziga sovg‘a qilindi

    Ayni vaqtda markaz binosida qurilish va pardoz ishlari deyarli yakunlangan bo‘lib, ekspozitsiya va kontent bilan to‘ldirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

    'Bolalar ombudsmani Angrenda zo‘rlangan qizni ko‘rishga bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:35

    Bolalar ombudsmani Angrenda zo‘rlangan qizni ko‘rishga bordi

    Ombudsman avvalo Angren shahar Bolalar shifoxonasiga borib, u yerda davolanayotgan jabrlanuvchi S.Y.ning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi.

    'O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh qancha?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh qancha?

    Mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik maosh 5,9 million so‘mdan oshgan.

    'Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:17

    Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi

    Bu holatga nisbatan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy izoh berdi.