AsosiyDunyo

Nega “Air India” samolyoti halokatga uchragani haqida ma’lumotlar ochiqlanmadi?

Rasmiylar hozircha fojianing sabablari haqida xulosa yo‘qligini ta’kidlagan.

'Nega “Air India” samolyoti halokatga uchragani haqida ma’lumotlar ochiqlanmadi?'ning rasmi

Hindistonning Aviatsiya hodisalarini tergov qilish byurosi (AAIB) 260 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘tgan oygi Air India samolyoti halokati yuzasidan hozircha hech qanday aniq xulosa chiqarilmaganini bildirdi.

AAIB rahbari GVG Yugandhar payshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda shunday dedi:

“Tergov hali yakuniga yetgani yo‘q. Iltimos, jamoatchilik va OAV voqeani erta xulosalar bilan talqin qilishdan tiyilsin. Bu tergov jarayonining xolisligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.”

Eslatib o‘tamiz, Boeing havo kemasi ishtirokidagi halokat Hindiston so‘nggi yillarda duch kelgan eng yirik aviatsiya fojialaridan biri bo‘ldi.

Holat yuzasidan tergov davom etmoqda. Hozircha fojianing sabablari haqida rasmiy xulosa yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Biz uddalay olmadik” – Germaniya kansleri Mertz Merkelning migratsiya siyosatini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 17:39

    “Biz uddalay olmadik” – Germaniya kansleri Mertz Merkelning migratsiya siyosatini rad etdi

    Germaniyada so‘nggi oylar migratsiya siyosati jiddiy keskinlashmoqda

    'Chexiyada kommunizm targ‘iboti uchun qamoq jazosi belgilandi'ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 17:10

    Chexiyada kommunizm targ‘iboti uchun qamoq jazosi belgilandi

    Endilikda bu turdagi harakatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.

    'Erdo‘g‘an Suriyaning bo‘linishiga qarshiligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 16:06

    Erdo‘g‘an Suriyaning bo‘linishiga qarshiligini aytdi

    Bu haqda Turkiya yetakchisi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida to‘xtalgan.

    'Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi odamlarni sudrab ketdi'ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 14:48

    Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi odamlarni sudrab ketdi

    Holat yuzasidan hozirda Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 14:00

    '“Isroil tinchlikni istamayapti” — Turkiya Tashqi ishlar vaziridan BMTda keskin bayonot berdi'ning rasmi

    Dunyo 18.07.2025 13:14

    “Isroil tinchlikni istamayapti” — Turkiya Tashqi ishlar vaziridan BMTda keskin bayonot berdi

    Turkiya rasmiysining chiqishi G‘azodagi og‘ir holat fonida yangradi.