AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga yana 1000 nafar ukrain harbiylarining jasadini qaytardi

Rossiya esa Ukrainadan 19 nafar o‘z harbiysining jasadini qaytarib olgan.

'Rossiya Ukrainaga yana 1000 nafar ukrain harbiylarining jasadini qaytardi'ning rasmi

Rossiya Ukrainaga yana 1000 nafar ukrain harbiylarining jasadini qaytardi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Rossiya tomoni Ukrainadan 19 nafar o‘z harbiysining jasadini qaytarib olgan.

16 iyun kuni Rossiya 6060 nafar ukrain harbiysining jasadini topshirgani aytilgan edi. Shu bilan birga, Rossiya faqat 78 nafar o‘z harbiysining jasadini qabul qilgan. Keyinroq Medinskiy Moskva yana 3000 nafar ukrain harbiylarining jasadini Kiyevga qaytarishga tayyorligini bildirgandi.

    Boshqa yangiliklar