AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda universitet o‘qituvchisi talabalarni imtihondan o‘tkazib berish uchun pul oldi

Hodisa DXX, IIB va Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.

'Qoraqalpog‘istonda universitet o‘qituvchisi talabalarni imtihondan o‘tkazib berish uchun pul oldi'ning rasmi

Qoraqalpog‘istonda “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishni va’da qilib, 18,3 million so‘m pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, u fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali 17 nafar talabaga yordam berishini aytgan.

Hodisa DXX, IIB va Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“To‘ylar muborak” filmi rejissyori vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.07.2025 20:58

    “To‘ylar muborak” filmi rejissyori vafot etdi

    Eduard Xachaturov ijodiy faoliyati davomida ko‘plab filmlarni suratga olgan.

    'Andijonda transformator budkasi ichida 4 yoshli qizchani tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.07.2025 20:52

    Andijonda transformator budkasi ichida 4 yoshli qizchani tok urdi

    Qizaloq transformator ichiga kirib qolgan mushugini kuzatib borgan va yuzi kuyib qolgan.

    'Jazoni o‘tab chiqqan fuqarolarga davlatdan 2,2 mln so‘m bir martalik nafaqa beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.07.2025 17:44

    Jazoni o‘tab chiqqan fuqarolarga davlatdan 2,2 mln so‘m bir martalik nafaqa beriladi

    Ozodlikka chiqqan shaxs bir oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlariga shaxsan murojaat qilishi lozim.

    'Toshkentda haydovchilik guvohnomasi uchun pora olgan inspektor qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.07.2025 07:50

    Toshkentda haydovchilik guvohnomasi uchun pora olgan inspektor qo‘lga olindi

    Mansabdor 1500 AQSH dollari va 1,9 mln so‘m bilan ushlangan.

    'Butunjahon Islom uyushmasi rahbari: “O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna”'ning rasmi

    Jamiyat 16.07.2025 16:48

    Butunjahon Islom uyushmasi rahbari: “O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna”

    Saudiya Arabistonining Makka shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov hamda Butunjahon Islom uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Issa ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    'Sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar nega direksiyadan norozi?'ning rasmi

    Jamiyat 16.07.2025 15:27

    Sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar nega direksiyadan norozi?

    “Biznes+” podkastining birinchi soni aynan shu mavzuda suhbatlashildi.